Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi
Bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishi yoshlar bandligini ta'minlash masalasiga bag‘ishlanadi.
«Videoselektor yig‘ilishi prezident boshchiligida bo‘lib o‘tadi. U yoshlar bandligini ta'minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlanadi», deydi manba.
Ma'lumot uchun, joriy yil yanvar oyi oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta'minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.
Yig‘ilishda bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani qayd etilgan. Shu boradagi masalalarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarning takliflarini «mahallabay» o‘rganayotgani bildirilgan.
Yanvar oyidagi yig‘ilishda joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish zarurligi ta'kidlangandi. Tuman va shaharlarda an'anaviy yoki masofaviy o‘quv kurslarini ko‘paytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitib, bandligini ta'minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bugun ana shu masalalar ham ko‘rib chiqilishi mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
19:29 / 16.12.2025
Prezident: shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak
18:44 / 16.12.2025
«Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi». Prezident – Toshkentning kelgusi yillardagi taraqqiyoti haqida
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025