Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi JAKO liboslarini kiyadi - O‘FA yangi hamkor bilan shartnoma imzoladi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, yakunda Germaniyaning mashhur JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MOQ prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, JAKO kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol va terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etishdi.
Umid Ahmadjonov JAKO kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qilar ekan, nima sababdan ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilishga qaror qilinganini aytib o‘tdi:
«JAKO jahonga mashhur kompaniyalardan biri hisoblanadi. Endi u turli yoshdagi terma jamoalar uchun ekipirovkalar yetkazib beradi. E'tiborli tomoni, milliy terma jamoamiz uchun bu kompaniya ekipirovkalarni tekinga yetkazib beradi. Ekipirovkalar 96 xil narsadan iborat. Buning ichida turli mavsum liboslari, oyoq kiyimlar va boshqa aksessuarlar bor. Tez orada JAKO kompaniyasining do‘konlarini ham yurtimizda ochish rejalashtirilgan. Muxlislar terma jamoamiz liboslarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy olib keldik, yangi kompaniya bilan hamkorlikni boshlayapmiz. Umid qilib qolamizki, mazkur kelishuvimiz samarali bo‘lib, terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatlarga erishishadi», - dedi Umid Ahmadjonov.
O‘z o‘rnida JAKO kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanini bildirib o‘tdi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper esa jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik boshlanayotgani katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, ushbu hamkorlik O‘FA hamda JAKO uchun manfaatli bo‘lishiga umid bildirdi.
Ma'lumot uchun, JAKO kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan.
Ayni vaqtda JAKO kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud. Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan. Hozirda Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Shveytsariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi Adidas bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kecha, 24 oktabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Germaniyaning JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan erishilgan hamkorlik kelishuvi bo‘yicha KUN.UZ muxbiriga batafsilroq ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi
18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
17:58 / 20.12.2024