Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoh soxta ekan! - Adidas O‘zbekiston terma jamoasini kiyintirmaydi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada Germaniyaning mashhur JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Endi bu kompaniya turli yoshdagi milliy terma jamoalar uchun ekipirovkalar yetkazib beradigan bo‘ldi. 25 oktabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.
Qizig‘i shundaki, shu yilning sentabr oyida O‘FA Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bu haqda «Kun.uz»ga xabar bergan edi. O‘zbekistonning turli yoshdagi bir qancha terma jamoalari avgust, sentabr va oktabr oyida o‘tkazilgan o‘yinlarda aynan Adidas liboslarida maydonga tushgandi.
Ma'lumot uchun, JAKO kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan. Ayni vaqtda 40dan ortiq mamlakatda kompaniya filiallari mavjud. Uning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Hollenbax okrugida joylashgan. Hozirda Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Shveytsariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
03:11 / 28.06.2026
“Strategik jihatdan biz yutib bo‘ldik” – O‘zbekistonning AQShdagi elchisi
07:06 / 27.06.2026
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
23:59 / 23.06.2026
JCh-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi
15:10 / 23.06.2026