Jahon | 20:13 / 15.07.2017
10708
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘g‘rilar guruhi bir kechaning o‘zida 13 ta qimmatbaho mashinani olib qochib ketishdi

Foto: ©RIA Novosti/Natalya Seliverstova

Moskvadagi qimmatbaho xorijiy avtomobillarga to‘la avtosalon kecha avtoo‘g‘rilar hujumiga uchradi. Mash telegram-kanalining xabar berishicha, keksa qorovul jinoyatchilarga qarshilik ko‘rsata olmagan va politsiyani chaqirishga ulgurmagan. Qorovul bog‘lab qo‘yilganidan so‘ng, jinoyatchilar avtomobillarni olib qochishni boshlashgan.

Ular to‘rtta "Mersedes", "Porshe-panamera", ikkita "Infiniti QX 56", BMW X6 va X5, "Audi A8" hamda "Audi A7", "Toyota — lend kruzer" va "Renj rover"ni o‘g‘irlab ketishgan. Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, yetkazilgan zararning umumiy qiymati 40 million rubldan oshib ketadi.

Hozirda jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid