«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida
31 mart kuni Andijon viloyatidagi masjid tahoratxonasida gaz portlab, 3 kishi vafot etdi. Shundan so‘ng diniy idora masjidlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimlari nazoratdan o‘tkazilayotganini bildirdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Joriy yil 31 mart kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi «Ahmadali hoji» masjidining tahoratxonasida gaz portladi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
Izboskandagi masjidda yuz bergan portlashdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi ko‘plab foydalanuvchilar Andijon viloyatidagi boshqa masjidlar tahoratxonalari ham issiqlik ta’minotidan uzib qo‘yilgani haqida yozdi. Natijada tahoratxonalardan issiq suv chiqmay qolgan. Shuningdek, tarmoqlarda poytaxt Toshkentda ham ayrim masjidlar issiqlik ta’minotidan uzilgani haqida postlar qoldirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi «ayni kunlarda masjidlarning texnik va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimlarini navbatdagi nazoratdan o‘tkazish ishlari» olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ushbu tadbirlarga mahalliy hokimliklar vakillari, FVV, Qurilish vazirligi hududiy boshqarmalari kabi tashkilotlar mutaxassislaridan iborat hududiy ishchi guruhlari jalb etilgan.
Idoraga ko‘ra, o‘rganishlar davomida belgilangan talablarga javob bermaydigan ayrim masjidlardagi issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlashdagi kamchiliklar bartaraf etilib, issiqlik va tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanmoqda.
«O‘z navbatida mo‘min-musulmonlar ham mana shunday profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunib, olib borilayotgan ishlarda hamjihat bo‘lishlarini so‘raymiz. Zero, mana shunday chora-tadbirlardan maqsad fuqarolarimiz ibodat qilishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishdir», — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi bayonotida.
Ma’lumot uchun, Izboskan tumanidagi «Ahmadali hoji» masjidi tahoratxonasida gaz portlashi yuz bergach, voqea joyiga viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar vaziri va boshqa mas’ullar yetib borgan. Portlash yuzasidan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilib, uning sabablari o‘rganilishi hamda jabrlanganlar, vafot etganlarning oilalariga yordam berilishi ma’lum qilindi.
Prokuratura bergan bayonotda «tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz, xona ichiga to‘planib qolishi natijasida elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgani» aytiladi.
Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi Jinoyat kodeksining 205- (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

22:12 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 31.03.2025