O‘zbekiston | 08:07 / 16.09.2021
2459
1 daqiqa o‘qiladi

16 sentyabr kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi

16 sentyabrda kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Maksimal havo harorati 30-35 daraja issiq atrofida, janubda 38 daraja issiqqacha bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Kunduz kuni havo 32-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28 daraja issiqni tashkil etadi.

Mavzuga oid