O‘zbekiston | 02:26 / 04.06.2020
26710
1 daqiqa o‘qiladi

15 iyundan «qizil» bo‘lmagan hududlar o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklanadi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, 15 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda hududlararo avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta'minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Qaror bilan, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub'yektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirildi. 

Mavzuga oid