Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta'minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Qaror bilan, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub'yektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirildi.