Umumiy ovqatlaniş obektlari faoliyatini taşkil etişga qöyiladigan asosiy talablar quyidagilar:
- banketlar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöymaslik;
- faoliyatini 8:00dan 23:00ga qadar taşkil etiş;
- stollar oraliğidagi 2 metrdan kam bölmagan ijtimoiy masofani ta'minlaş;
- bir stol atrofida 4 kişidan köp bölmagan (10 kişidan köp bölmagan bir oila a'zolari bundan mustasno) mijozlarni joylaştiriş;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;
- har bir mijozdan keyin stol va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş.
Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida:
- maşğulotlarni 15 kişidan ortiq bölmagan guruhlarda taşkil etiş;
- binolarni doimiy ravişda dezinfeksiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş;
- xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi va ijtimoiy masofani saqlaşi;
- tana harorati 37S va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodim va tarbiyalanuvçilarning maşğulotlarga kiritmaslik çoralarini köriş talab etiladi.
Buyum bozorlari:
- doimiy ravişda dezinfeksiya qilinişi, ularning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlanişi,
- sotuvçilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi, ijtimoiy masofani saqlaşi,
- har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37S va undan yuqori bölgan, infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda hamda tibbiy niqobda bölmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik çoralarini köriş talab etiladi.
15 iyundan «qizil» bölmagan hududlar örtasida avtobus qatnovlari tiklanadi
Özbekiston böylab öz kuçida qoladigan karantin talablari ma'lum qilindi












