Ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça Maxsus komissiya “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasidagi işlar haqida axborot berdi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda Toşkent, Navoiy, Farğona, Çirçiq va Termiz şaharlarida havoning ifloslaniş darajasi belgilangan me’yordan yuqori bölişi holatlariga – sanoatning ösişi, uglerod yoqilğilaridan keng foydalaniş, transport vositalari sonining köpayişi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi sabab bölmoqda.
Şu sababli 2030 yilga qadar atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar hajmini qisqartiriş, sanoat obektlarida taşlamalarni uşlab qoliş uluşini oşiriş, transportdan çiqadigan zararli moddalarni kamaytiriş hamda PM2,5 böyiça me’yordan oşiş kuzatiladigan kunlar sonini pasaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada, “Toza havo” loyihasida energetika va sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, endilikda quriliş sohasida ham ekologik talablar kuçaytiriladi:
- yangi quriladigan yirik obektlarni loyihalaştirişda kökalamzorlaştiriş darajasini oşiriş;
- quriliş materiallarini yopiq şaroitda saqlaş;
- çiqindilarni maxsus quvur va konteynerlar orqali tuşiriş;
- maydonlarni himoya tösiqlari bilan öraş;
- onlayn kuzatuv kameralarini örnatiş kabi talablar belgilanmoqda.
Bu çora-tadbirlar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlaydi, balki atmosfera tozaligi, aholi salomatligi va şahar infratuzilmasining uyğun rivojlanişiga ham xizmat qiladi, deyiladi Maxsus komissiya bayonotida.
Eslatib ötamiz, 23 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida 2026-2030 yillarga möljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bölib ötgan edi.












