O‘zbekiston | 19:14 / 25.08.2022
15156
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT sammiti munosabati bilan Samarqanddagi maktablarda darslar 20 sentabrdan boshlanishi mumkin

Hozirda XTV tomonidan bir nechta variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra darslar 20 sentabrgacha onlayn tashkil etiladi yoki sammit o‘tkaziladigan haftada kechiktirib turiladi.

Foto: KUN.UZ

Joriy yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida muhim tadbir – Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi barcha umuma’lim maktablarida darslar 20 sentabrdan boshlanishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha Samarqand viloyati XTB tomonidan vazirlikka Samarqand shahridagi maktablarda o‘qishlarni kechroq boshlashga rozilik yuzasidan xat yuborilgan. Hozirda vazirlik tomonidan bir nechta variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

Ularga ko‘ra, Samarqand shahridagi maktablarda darslar 20 sentabrgacha onlayn ko‘rinishida o‘tkazilishi ham mumkin. Ikkinchi variantda, o‘quv yili boshlangach 5-10 sentabr kunlari maktablarda darslar o‘tilib, sammit bo‘lib o‘tadigan haftada darslar kechiktirilib, keyin 19 yoki 20 sentabrdan davom ettiriladi.

Avvalroq, Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalarida darslar sentabr oxiridan boshlanishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid