Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida öqiş sentabr oyi oxiridan boşlanadi. Viloyatdagi bir qator tuman hokimliklari bu borada xabar tarqatdi. Xabarni Kun.uz manbalari ham tasdiqladi.
15-16 sentabr kunlari Samarqand tumani va Toyloq tumani örtasida joylaşgan sayyohlik markazida Şanhay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammiti ötkaziladi. Şu munosabat bilan viloyatdagi OTMlarda an’anaviy ta’lim sentabr oyi oxiridan boşlanadi. Ungaça talabalar ta’limni masofaviy körinişda boşlaşi kutilmoqda.
Samarqanddagi maktablar ham keçroq boşlanişi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu ma’lumot tasdiqlanmadi.
Ma’lumot uçun, ŞHTga 2001 yilda asos solingan. Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy va Hindiston birinçi a’zolar bölgan. Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston kuzatuvçi mamlakatlar, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.
2021 yil sentabrda Duşanbeda bölib ötgan ŞHT sammitida Eronni taşkilotga qabul qiliş, Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot böyiça hamkor maqomini beriş jarayoni boşlangan. Joriy yilda Belarus ŞHTga tölaqonli a’zo böliş uçun ariza bergan.
Rossiya prezidenti Putin Samarqandda ötadigan sammitga Turkiya prezidenti Rajab Erdöğanni ham taklif qilgan. Samarqandda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni taşkilotning muloqot böyiça hamkori statuslarini olişi kutilmoqda.
ŞHT sammiti ilk marta Samarqandda ötkaziladi. Bungaça Özbekiston mezbon bölgan sammitlarni uç marta Toşkent şahri qabul qilgan. Özbekiston oxirgi marta 2016 yil ŞHT sammiti mezboni bölgan. Samarqand sammit mezbonligini qabul qilgan 15-şahar böladi.












