Jahon | 09:18 / 11.07.2021
4123
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 43 kishi halok bo‘ldi

Foto: DW

Nigeriyaning Zamfara shtatida jangarilarning 5ta qishloqqa hujum qilishi oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, noma'lum qurollangan shaxslar hujumlarni 8 iyulda amalga oshirgan. Ular 100dan ko‘proq mototsiklda kelib, odamlarni betartib o‘qqa tuta boshlagan. So‘ngra jangarilar uylar va do‘konlarni talab, ularga o‘t qo‘ygan.

Hujum oqibatida yana 18 kishi jarohat olgan, 30 kishi bedarak yo‘qolgan.

Ta'kidlanishicha, “G‘arbiy Afrikadagi Islom davlati” (ISWAP) jangarilari deb taxmin qilinayotgan terrorchilar 7 iyulda mahalliy aholi tomonidan o‘ldirilgan ikki sheriklari uchun shu tariqa o‘ch olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid