Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi: “Tinchlikning qadriga yetish – har birimizning vazifamiz”
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin Bahauddinov videomurojaat bilan chiqib, aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi.
“Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollolohu alayhi vasallam o‘z muborak hadislarida: “Ikki ne’mat bor. Bu ikki ne’matning qadriga ko‘pchilik yetmaydi. Birinchisi – tan salomatligi bo‘lsa, ikkinchisi – tinchlik ne’matidir”, dedilar.
Azizlar, 1-2 kundan beri elimizda bo‘lib turgan voqealardan hammamizning xabarimiz bor. Shu maqsadda bugun hurmatli prezidentimiz Nukusga kelib, xalqimizning tilak-istaklarini eshitdi hamda bugungi kunda norozilik uyg‘otayotgan ba’zi bir masalalarga oydinlik kiritdi”, – dedi qozi.
Shamsuddin Bahauddinov davlat rahbari O‘zbekiston Konstitutsiyasining 17-bobida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tegishli moddalar o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qilgani, bu esa xalqning fikri inobatga olinganini bildirishini ta’kidladi.
“Azizlar, tinchlik – bu juda ulkan, bebaho ne’mat. Uning qadriga yetish har birimizning vazifamiz. Tinchlikni saqlash, uning qadriga yetish payg‘ambar alayhissalom muborak hadislarida aytganlariday, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning, mo‘min-muslimalarning minnatli vazifalaridan”, dedi u.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025