Jamiyat | 20:28 / 03.07.2024
20677
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda voyaga yetmagan farzandlarining nikoh to‘yini qilgan ota-onalar jarimaga tortildi

16 yoshli o‘smir 17 yoshli qizga uylangani holati bo‘yicha, ulardan birining otasi, ikkinchisining onasi nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani uchun 2 mln 380 ming so‘mdan jarimaga tortildi.

Foto: Kun.uz

Buxoroda voyaga yetmagan farzandlarining nikoh to‘yini qilgan onalarga jarimaga qo‘llandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi yuzasidan qo‘zg‘atilgani ma’muriy huquqbuzarlik ishi bugun ko‘rib chiqilgan. Voyaga yetmagan A.A. ning otasi N.S. hamda voyaga yetmagan N.R. ning onasi Q.N. nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berganlik (uylantirganlik) uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-3 moddasi 2-qismi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ularning har biriga 2 mln 380 ming so‘mdan jarima belgilangan.

Oldinroq Buxoroda oila qurgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasiga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid