O‘zbekiston | 16:28 / 21.11.2018
16514
2 daqiqa o‘qiladi

Kimlarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi?

Foto: Pinterest

Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekistonda ba'zi toifadagi shaxslarga  davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Ular quyidagilar:

shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lganlarga;
Sog‘liqni saqlash asosiy zvenosida tibbiy xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda qishloq aholisiga;
bir qator infeksion kasalliklarga qarshi aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qilish;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga (atrof muhitga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi, silga chalinganlar, ruhiy kasallar, professional kasalliklarga, endokrinologik va onkologik kasalliklar) uchraganlarga;
bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari);
15-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni va harbiy chaqiriq yoshidagilarni (18-27), harbiy chaqiriq komissiyasining yo‘llanmasi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash;
tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish xizmati (pulli muassasalardan tashqari);
davlat davolash-profilaktik muassasalardagi bemorlarni maxsus chegirmalar bilan davolash (nogironlar, urush ishtirokchilari, chin yetimlarni).

Mavzuga oid