Andijon davlat universiteti binosining 4-qavatidan homilador ayol tushib ketganligi yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetining Tarix fakulteti binosining to‘rtinchi qavatidan homilador ayol tushib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Universitet axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun soat 14:00 atrofida Andijon davlat universiteti 1000 o‘rinli binosining 4 qavatidan ayol kishi ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Rasmiy munosabatda bildirilishicha, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uchun majlis o‘tkazilgan. Majlis universitetning 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yig‘ilish bo‘layotgan vaqtda telefon bo‘lib qolgani sababli yig‘ilishdan chiqib, telefonda suhbatlashgan.
Ayni vaqtda shu qavatda binoning zinalarini yangi, baquvvatiga almashtirish uchun eskisi olib tashlanib, yangisini o‘rnatish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lgan.
Ayol telefonda suhbatlashish jarayonida qurilish bo‘layotgan hududni anglatuvchi belgi va to‘suvchi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va e'tiborsizlik oqibatida tushib ketgan. Bunda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan hudud to‘liq berkitib qo‘yilmaganligi, to‘siq lentalariga esa e'tibor bermasligi ham sabab bo‘lgan.
"Hodisa yuz bergan vaqtning o‘zidayoq universitetning mas'ul xodimlari tomonidan shoshilinch tez yordam chaqirilib, fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet ma'muriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ma'lumot uchun, ayol homilador bo‘lmagan", - deyiladi universitet axborot xizmati munosabatida.
Mavzuga oid
11:25 / 11.10.2023
Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m talon-toroj qilingan
17:00 / 15.07.2022
Tanishuv: Andijon davlat universiteti
14:34 / 05.12.2021
ADUda ota-onalar majlisiga kelgan ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:05 / 23.04.2021