Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya Rossiya bilan kuch pozitsiyasidan gaplashish kerakligini bildirdi
Foto: Global Look Press
Estoniya TIV rahbari Sven Mikserning ma'lum qilishicha, Tallin Moskva bilan munosabatlarni kuch pozitsiyasidan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda u Sydney Morning Herald’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Mikser, xususan, Rossiyani Ukrainadagi harbiy amaliyotda ishtirok etganlikda aybladi.
«Biz Rossiya so‘nggi 10 yilda o‘z qo‘shnilariga qarshi ikkita harbiy amaliyotni qanday boshlaganini ko‘rdik: 2008 yilda – Gruziyaga qarshi va yaqinda Ukrainaga qarshi. Bu, agarda o‘ylab ko‘rsak, juda qo‘rqitayotgan misol. 21-asrdagi Yevropada sizlar siyosiy maqsadlarga erishish uchun harbiy kuchdan foydalanayotgan davlatni ko‘rmoqdasiz», - deya ma'lum qildi estoniyalik vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan muloqotni kuch pozitsiyasidan yo‘lga qo‘yish kerak.
«Siz Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi yetakchi bilan gaplashganingizda, kuch, birdamlik va qat'iylik pozitsiyasidan kelib chiqishingiz lozim. Sababi qat'iyatsizlik bo‘yicha istalgan belgi Kreml tomonidan kuchsizlik sifatida qabul qilinishi hamda ular bundan foydalanishi mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mikser.
Uning ta'kidlashicha, bunday sharoitlarda «vaziyat haqida xabardorlikni» saqlab qolish lozim.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026