Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft Office yangi asbob yordamida yanada "aqlli" funksiyalarga ega bo‘ladi
Microsoft Office 365 dasturlar to‘plamida hujjatlar ishini sezilarli darajada osonlashtirib, tezlashtiruvchi katta yangilanishni amalga oshirmoqda. O‘zgarish matnli muharrir Word, elektron jadvalli Excel va taqdimotlar yaratuvchi PowerPoint uchun ta'sir ko‘rsatadi.
Word'ning yangi asbobi — Researcher for Word — boshqa dasturlarga ulanmasdan (masalan, brauzerga) qiziqarli mavzu bo‘yicha ma'lumotlarni bir zumda qidirib topishga va formatlangan havolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muharrirga importlashga yordam beradi.
Uning ma'lumotlar manbai sifatida onlayn-ma'lumotnomalar, ensiklopediya, ilmiy-tadqiqot markazlari, ma'lumotlar ombori va boshqalar kiradi. Microsoft qayd etishicha, Word uchun Researcher asosida Bing qidiruv tizimining Knowledge Graph ("Bilimlar tarmog‘i") semantik bazasi mavjud.
Yana bir yangi asbob — Editor for Word — Microsoft mashina ta'lim texnologiyasi yordamida orfografiya va grammatikani tekshirishga yordam beradi. Tizim nafaqat matndagi xatolarga urg‘u beradi, balki muallifga uslubiy yozish bo‘yicha tavsiyalar beradi, yanada ko‘proq mos keluvchi so‘zlar va boshqalarni taqdim etadi.
Outlook elektron pochtaning Desktop versiyasi mobil dasturning Focused Inbox funksiyasini oladi. Gmail'da Priority Inbox kabi qabul qilinayotgan xabarlarni ma'lum bir "tarozi"ga soladi va ularni muhimligiga qarab ajratadi. Shuningdek, pochta mijozida Twitter'dagi kabi boshqa insonlarning (@ belgisi yordamida) murojaatnomalari paydo bo‘ladi. Xatda qayd etilgan foydalanuvchi pochtasi "Kimga" maydonida avtomatik holda qo‘shiladi (agarda uning kontakti manzillar kitobiga kiritilgan bo‘lsa). Xatdagi insonlar nomi ko‘k rang bilan ajratilgan bo‘ladi, qabul qilinuvchi qutidagi jo‘natmalar topish oson bo‘lishi uchun bayroqlar bilan belgilangan.
PowerPoint taqdimotlari endilikda zerikarli bo‘lmaydi. Yangi Zoom funksiyasi slaydlar orasidagi jarayonni yanada silliq va jadalroq qilishga, shuningdek, boshqa zamonaviy effektlar qo‘shishga yordam beradi.
Bu qanday ko‘rinishda bo‘lishini quyidagi video orqali tomosha qiling:
Mavzuga oid
01:51 / 27.08.2020
Microsoft Word dasturiga audioyozuvni matnga aylantiruvchi funksiya qo‘shildi
11:13 / 27.06.2019
Excel'da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?
10:45 / 29.10.2018
Word hujjatlarida yangi xavfli kamchilik aniqlandi
18:25 / 14.06.2018