Microsoft Office bilan işlovçi har bir xodim bu usulni bilişi kerak.
Yarim kunlik iş vaqtingizni MS Excel'da hisobot tayyorlaşga sarfladingiz-u, dasturni yopiş vaqtida «Soxranit izmeneniya v fayle?» söroviga tasodifan «Net» tugmasini bosib yuborgan bölsangiz, vahimaga tuşmang — buning yeçimi bor.
Dasturingiz Excel 2010 bölsa, ma'lumotlarni tiklaş uçun «Fayl» → «Posledniye» (File → Recent) orqali pastki öng burçakdagi «Vosstanovit nesoxranyonnyye knigi» (Recover Unsaved Workbooks) tugmasini toping.

Excel 2013’da biroz farqli: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye versiyami» → «Vosstanovit nesoxranyonnyye knigi» (File — Properties — Recover Unsaved Workbooks).
Excel'ning barça keyingi talqinlarida axborotni qayta paydo qiliş uçun quyidagi tartibda oynalarni oçamiz: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye knigoy». Paydo bölgan menyudan kerakli punktni tanlaş kifoya.

















