Funksiya nutqni bevosita uning yozilişi vaqtida matnga aylantirişi yoki yuklangan faylning matn holatdagi körinişini aks ettirişi mumkin. Tayyor matnni esa tahrir qilib, asosiy faylga qöşiş mumkin. Agar nutq yozilişida ikki kişi iştirok etgan bölsa, Transcribe buni körsatadi.

Foydalanuvçi rasşifrovka qilingan matn böyiça harakatlanib, uning muayyan parçasiga audioyozuvda töğri keluvçi parçaga ötişi, audioni turli tezlikda tinglaşi mumkin. 

Uşbu funksiya Microsoft 365 foydalanuvçilari uçun veb-versiyada mavjud va hozirça inglizça nutqlarni matnga ögiradi. Boşqa tillar keyinroq qöşilişiga va'da berilmoqda.   

Biroq audioyozuvlar bilan işlaşda ba'zi çeklovlar mavjud: fayl 200 MBdan kiçik bölişi, rasşifrovka qilinadigan audioyozuv davomiyligi esa oyiga 5 soatdan oşmasligi kerak. Ayni vaqtda qöşimça vaqt va megabayt sotib oliş imkoni yöq. Kompaniya funksiyaning mobil versiyasini joriy yil oxirigaça taqdim qilişga va'da bergan.

2017 yil iyunidan Microsoft 365’da Word, Outlook, PowerPoint va OneNote dasturlarida matnni aytiş funksiyasi Dictate mavjud.