Microsoft korporatsiyasi Word, Excel, Outlook va PowerPoint'ning yangi versiyasi işlab çiqilişi haqida e'lon qildi. Kompaniya saytida ma'lum qilinişiça,  yangilanişlar dasturlar dizayniga taalluqli böladi, şuningdek sun'iy intellektni qöllaş orqali qidiruv tizimi yaxşilanadi. 

Xabarda aniqlik kiritilişiça, yangilanişlar kelasi bir neça oy içida işlab çiqiladi va ular "kuç-qudrat va oddiylik muvozanati asosidagi yangi iş madaniyati uçun" möljallangan. 

Yangilaniş birinçi navbatda Word'ning Office.com uçun veb-versiyasida böladi, iyun oyi oxirida foydalanuvçilar Windows uçun yangi Word, Excel va PowerPoint yangi versiyasini köriş imkoniga ega bölişadi. Yana bir oydan keyin Windows uçun Outlook ham yangilanadi, avgustda Mac uçun yangi Outlook paydo böladi.