Cymulate taşkilotining kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotçilari Microsoft Word fayllariga joylaştirilgan video orqali foydalanuvçilar kompyuterlariga zarar yetkazişning yangi usulini topdilar. Bu haqda mutaxassislar öz blogida xabar berişdi.
Uşbu kamçilikdan foydalaniş uçun kiberjinoyatçilar istalgan internet-resursdan olingan videoni hujjatga joylaştirişadi, şuningdek, document.xml faylini tahrir qilişadi va videoga havolani özgartirişadi. U orqali Internet Explorer brauzerida zararli kod yuklanadi.
Cymulate mutaxassislari bunday zararlangan faylni mustaqil ravişda yaratişga muvaffaq bölişdi. Ularning sözlariga köra, XML-fayl içida (aynan unda amaldagi kodni istalgan boşqasiga almaştiriş mumkin) embeddedHtml parametrini özgartiriş oson bölib çiqdi.
Bunday Microsoft Word hujjatlari oçilganida, ehtimoliy xavf haqida xavfsizlik tizimining ogohlantiruvi körsatilmaydi.
Uşbu muammoni töliq hal qiliş mumkin emas. Tadqiqotçilar foydalanuvçilarga joylaştirilgan videoni öz içiga olgan matnli hujjatlarni bloklaşni tavsiya qilişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Android’da yangi xavfli virus aniqlangandi.

















