Shavkat Mirziyoyev yettita yangi suv ombori qurilishi haqida ma'lum qildi
O‘zbekistonda jami 45 million kub metr suv yig‘iladigan yettita suv ombori quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrigida ma'lum qildi.
Davlat rahbarining ta'kidlashicha, suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi yerlarni o‘zlashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi.
Buning uchun Toshkent viloyatida jami 45 million kub metr suv yig‘iladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman”, Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur” suv omborlari barpo etiladi.
Kelgusi ikki yilda 1 million 200 ming gektar yerning suv ta'minoti barqarorlashtiriladi, yiliga 1 milliard 700 million kub metr suv tejaladi va 600 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi.
Kelgusi yilda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Davlat byudjyetidan qariyb 1,7 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 84 million dollar miqdoridagi mablag‘ini yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 28.11.2024
«Shok» usulida muzlatish, ozuqa qo‘shimchasi tayyorlash bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:58 / 28.11.2024
Har bir mahallada kamida 100 ta xonadonga limon, uzum ko‘chati tarqatiladi
13:12 / 28.11.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Hindistonga eksporti ortadi
21:10 / 25.11.2024