O‘zbekiston | 09:37 / 10.02.2023
24326
2 daqiqa o‘qiladi

Farmatsevtika agentligi mansabdor shaxslari qamoqqa olindi

Farmatsevtika agentligida juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va "AMBRONOL" siropi nojo‘ya ta’siri sababli “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda o‘rganish o‘tkazildi.

Agentlik xabarida aytilishicha, uning yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda budjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va "AMBRONOL" siropining nojo‘ya ta’siri sababli “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.

To‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini O‘zbekistonga import qilib, iste’molga chiqarilishiga ruxsat bergan mas’ullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident Farmatsevtika agentligi rahbari Sardor Kariyevni 2022 yilning 30 dekabr kuni lavozimidan ozod qilgan edi.

Mavzuga oid