Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUKda örganiş ötkazildi.

Agentlik xabarida aytilişiça, uning yakunlariga köra aniqlangan juda köp miqdordagi moliyaviy xato va kamçiliklar hamda budjet mablağlarining sarf qilinişida belgilangan talablarning qöpol ravişda buzilganlik holatlari böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda DXX tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Şuningdek, “DOK-1 MAKS” va "AMBRONOL" siropining nojöya ta’siri sababli “ötkir buyrak yetişmovçiligi” taşxisi bilan bolalar vafoti böyiça qözğatilgan jinoyat işi tergovi doirasida bir qator mansabdor şaxslar qamoqqa olingan.

Töplangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bölgan uning bir neçta jinoiy şeriklari iş böyiça gumon qilinib uşlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini Özbekistonga import qilib, iste’molga çiqarilişiga ruxsat bergan mas’ullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berişga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegişli ekspertizalar ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, prezident Farmatsevtika agentligi rahbari Sardor Kariyevni 2022 yilning 30 dekabr kuni lavozimidan ozod qilgan edi.