G‘alladan bo‘shagan yerni ishsiz aholiga vaqtincha bergan fermer xo‘jaliklari yer solig‘idan ozod qilinadi
“Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Qonun loyihasida quyidagi maqsad va vazifalar nazarda tutilgan:
- fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlariga tegishli g‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarini yer solig‘idan ozod qilish ko‘rinishida rag‘batlantirish;
- elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritishni faqat hisobot oyida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;
- tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliq qarzini yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldini olish.
Mazkur loyiha qabul qilinishi bilan g‘allaga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari yer solig‘idan ozod qilinadi hamda ushbu mablag‘lar ularning ixtiyorida qoladi. G‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarining ishsiz aholiga ijara asosida berilishi natijasida ishsizlik ko‘rsatkichlari pasayadi, elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritish faqat hisobot oyida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi hamda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliq qarzi yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldi olinadi.
Qonun loyihasi bilan g‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarini ishsiz aholiga tarqatish sharti bilan fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlarini hamda yer uchastkalarini ijaraga olgan fuqarolarni ushbu yer uchastkalariga hisoblanishi lozim bo‘lgan yer solig‘idan ozod qilish, elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritishni faqat hisobot oyida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliq qarzini yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldini olish nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

11:33 / 28.03.2025