Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMga qo‘shimcha grant asosidagi qabul uchun tavsiyanoma kimlarga beriladi?
Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yil muddatga beriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha grant asosidagi qabul uchun tavsiyanoma kimlarga berilishi ma’lum qilindi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva tegishli ma’lumot bilan chiqdi.
Tavsiyanoma Respublika oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida 6 ta mezon asosida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladi.
Qo‘shimcha davlat granti uchun jami 2000 ta kvota nazarda tutilgan bo‘lib, tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8 iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.
Tavsiyanoma olish uchun talabgorlarning arizalari 10 iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.
Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yil muddatga beriladi.
Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
08:45 / 25.12.2025
OTM davlat akkreditatsiyasi: baholash tartibi va majburiy indikatorlar belgilandi
15:15 / 23.12.2025
Rossiyada universitetlardagi 45 ming pulli o‘rin qisqartiradi
09:53 / 11.12.2025
OTMda sessiyalar 12 yanvardan boshlanadi
18:52 / 06.12.2025