Jahon | 00:41 / 16.01.2018
14370
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoniga 40 yil ichida ilk bor "katta kino" qaytdi

Saudiya Arabistonida deyarli 40 yil ichidagi ilk ommaviy kinonamoyish bo‘lib o‘tdi. Ayni vaqtda Jiddada, qirollikning katta ekranlariga yana kino qaytishiga 2 oy qolganda multfilmlar festivali bo‘lib o‘tmoqda. 

Hafta davomida bolalar va ularning ota-onalari Jidda madaniyat va san'at markazining qayta jihozlangan zallarida AQShda ishlangan Captain Underpants: The First Epic Movie va The Emoji Movie multfilmlarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Namoyishlarni Saudiya Arabistonidagi birinchi kinoprokatchi Cinema 70 tashkillashtirgan.

Saudiya Arabistonida filmlarning kinoteatrlarda ommaviy namoyish qilinishi 20-asrning 80-yillarida din ulamolari bosimi ostida taqiqlab qo‘yilgan. Ular ommaviy yig‘ilish va ko‘ngilochar tadbirlarni “buzuqilik o‘chog‘i” deb hisoblashgan. Shu sababli qirollikning ko‘plab fuqarolari kino ko‘rish uchun ataylab Bahrayn va BAAga borishgan.

Biroq 2017 yil dekabrda Saudiya Arabistoni hukumati 2018 yil mart oyida o‘nlab yillar ichida ilk kinoteatrlar ochilishini e'lon qilishgan. Mutasaddi idora litsenziyalar bera boshlagan va qirollik shaharlarida 90 kun ichida kinozallar ishlay boshlaydi. 

Mamlakatda umumiy hisobda 2 mingta zalli 300 ta kinoteatr ochish rejalashtirilgan. Kinoning qaytishidan mamlakat byudjyetiga yiliga 24 mlrd dollar tushishi kutilmoqda.  

 

Mavzuga oid