Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcard va Humo bankomatlari may oyigacha integratsiya qilinishi mumkin
Humo bankomatlaridan Uzcard kartalari orqali, Uzcard bankomatlaridan Humo kartalari orqali naqd pul yechish mumkin bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlarini integratsiya qilish ishlari 2023 yil may oyigacha yakunlanishi mumkin.
Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri savoliga javoban Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Uzcard va Humo tizimlari integratsiyasi 2021 yilda boshlangan edi. Tomonlar birining kartasi ikkinchisining terminalida ham ishlashiga kelishib olgandi.
2022 yilda Uzcard ham kontaksiz to‘lov funksiyasiga ega kartalar chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Mavzuga oid
15:38 / 26.05.2026
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
20:53 / 25.05.2026
O‘zbekistonliklar go‘sht va sut narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
11:46 / 22.05.2026
500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
10:32 / 16.05.2026