1 apreldan Rossiyadagi migrantlarga bir qator cheklovlar kuchga kirdi
Endi migrant bolalar rus tilidan imtihonsiz maktabga qabul qilinmaydi, xorijliklar ega bo‘ladigan SIM-kartalar soni cheklanadi, ayrim toifalar uchun xorijiy haydovchilik guvohnomalari bekor qilinadi.

Foto: TASS
Rossiyada 1 apreldan migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi. Asia-Plus qonunchilikdagi o‘zgarishlarni jamlab, tahlil qildi.
Migrant bolalar rus tilidan imtihonsiz maktabga qabul qilinmaydi
Endi Rossiya maktablariga kirish uchun chet el fuqarolarining farzandlari rus tilidan imtihon topshirishi kerak bo‘ladi. U og‘zaki va yozma shaklda o‘tkaziladi, lekin birinchi sinf o‘quvchilari uchun istisno qilingan - ular faqat og‘zaki suhbatdan o‘tadi. Agar bola yetarli ball to‘plamasa, u o‘qishga qabul qilinmaydi. Ikkinchi imtihon faqat uch oydan keyin mumkin bo‘ladi. Testdan o‘tish uchun 5 balldan 3 ball olish kifoya.
Endi xorijliklar 10 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-karta olishi mumkin
Yana bir yangilik mobil aloqaga tegishli. Endi Rossiyada qat’iy cheklovlar o‘rnatilmoqda. Rossiya fuqarolari har bir kishi uchun 20 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-kartaga ega bo‘lishi mumkin. Chet elliklar - 10 dan ortiq emas. Ushbu cheklovlar bir abonentga ba’zan yuzlab raqamlar ro‘yxatga olingani sababli joriy etildi, bu firibgarlarga kulrang sxemalarda SIM-kartalardan foydalanishga imkon bergan. Roskomnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil sentabrigacha 24,9 ming kishi 20 dan ortiq SIM-kartaga ega bo‘lgan.
Xorijiy haydovchilik guvohnomalari endi haqiqiy emas
1 apreldan boshlab Rossiyada bir yil va undan ko‘proq vaqt davomida fuqarolik, yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash uchun vaqtinchalik ruxsatnomaga ega bo‘lganlar uchun xorijiy haydovchilik guvohnomalari bekor bo‘ldi.
Transport vositasini boshqarishni davom ettirish uchun endi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasida (GAI) nazariy imtihon topshirish va Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish kerak bo‘ladi.
Xuddi shu talablar chet elda uzoq muddat istiqomat qilgan holda xorijiy haydovchilik guvohnomasini olgan rossiyaliklarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Agar haydovchi hujjatlarni almashtirmasa, u 15 ming rublgacha jarimaga tortiladi, shuningdek, Rossiya guvohnomasini olguncha haydovchilikdan chetlatiladi.
Bundan tashqari, noqonuniy migrantlar aprel oyining oxirigacha Rossiyadagi holatini qonuniylashtirishi kerak. Endi barcha migrantlar uchun qat’iy muddat bor: ular 2025 yilning 30 apreliga qadar o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solishi kerak. Bunga rioya qilmaganlar nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritiladi, ya’ni ular mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
Jahon | 15:03
-
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi
O‘zbekiston | 14:58
-
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi
O‘zbekiston | 14:37
-
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 14:29
Mavzuga oid

14:58
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

12:13
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi

08:50
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi

08:10