Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yangi prokuror tayinlandi
Navoiy viloyati prokurori Xidir Samatovich Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.
Xidir Karimov 1967 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Kitob tuman prokuraturasida boshlab, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yilning mart oyidan shu vaqtgacha Navoiy viloyat prokurori lavozimida ishlagan.
Avvalroq Bosh prokuratura Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelgan Rahmatov Rashid Nasrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini xabar qilgandi. U endi O‘zbekiston Bosh prokurorining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025