Xitoy Toshkentdagi yirik korxonalarga quyosh panellari o‘rnatmoqchi
Joriy yilning 20 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Yupont Group Ltd. kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, hokimning investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonov, “Toshkent invest kompaniyasi” AJning strategik masalalar bo‘yicha direktori Rustam Qodirov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tomonlar Toshkent shahrida yashil energetikani rivojlantirish masalalarini batafsil muhokama qildi.
Yupont Group Ltd. tomonidan Toshkent shahridagi yirik sanoat korxonalariga umumiy quvvati 100 MVt ga teng quyosh panellari o‘rnatish orqali ularni yashil energiyaga o‘tkazish borasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
23:30 / 14.11.2024
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
18:44 / 12.11.2024