Xitoy tarixdagi eng yirik ekologik loyihalardan birini amalga oşirdi va Jazoir kattaligidagi hududga daraxt ekdi, deb xabar berdi Wirtualna Polska.
1980-yillardan beri uning hududida 78 milliardga yaqin yangi daraxtlar paydo böldi. Biroq Tyanjin, Utrext va Xitoy qişloq xöjaligi universitetlari olimlarining tahlili şuni körsatadiki, «Buyuk yaşil devor» jiddiy nojöya ta’sirlarni keltirib çiqargan.
Tadqiqotçilarning fikriça, ommaviy kökalamzorlaştiriş mamlakat hududining 74 foizini egallagan şarqiy va şimoli-ğarbiy hududlarda suv resurslarining keskin kamayişiga olib keldi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, yangi örmonlar evapotranspiratsiya jarayonini kuçaytirgan - bu tuproqdan suvning buğlanişi va ösimliklar tomonidan uning ajralib çiqişi kombinatsiyasidir. Oqibatda, namlik Tibet platosiga köçdi va aholi ziç joylaşgan Şarqiy Xitoyda suv tanqisligiga olib keldi. Masalan, ötloqlarning örmonga aylanişi «buğlaniş va yoğingarçilikni köpaytirdi, lekin şu bilan birga suv muvozanatini yomonlaştiradi».
Ma’lumotlarga köra, Xitoyning şimolida aholining 46 foizi, ammo suv zaxiralarining atigi 20 foizi töplanganligi sababli muammo yanada keskinlaşmoqda.
Olimlarning xulosalarida ta’kidlanişiça, «Xitoyda örmonlarni qayta tiklaşning keyingi dasturlari butun mintaqalarni içimlik suvi va qişloq xöjaligi resurslaridan mahrum qilmaslik uçun gidrologik siklning özgarişini hisobga olişi kerak».












