O‘zbekiston | 11:05 / 23.05.2023
8769
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berishni tikladi

Aprel oyida Xitoy bozoriga ko‘k yonilg‘i yetkazib berishdan tushum 40 million dollardan oshgan.

Foto: AP

Aprel oyida O‘zbekiston Xitoyga 40,47 million dollarlik tabiiy gaz yetkazib bergan. Bu haqda Spot Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar qilmoqda.

Yil boshidan buyon Xitoy statistikasi O‘zbekiston ko‘k yonilg‘i importini birinchi bor qayd etdi. Yanvar-mart oylarida yetkazib berish amalga oshirilmagan.

Qozog‘iston ham aprel oyida Xitoyga gaz berish hajmini oshirdi. Oylik daromad birinchi chorakdagi 29,9 million dollarga nisbatan 119,5 million dollarni tashkil etdi. Fevral oyida yetkazib berish minimal darajaga tushdi - 778 ming dollar.

Turkmaniston Xitoy bozoriga gaz eksporti bo‘yicha yetakchiga aylandi, mamlakat yil boshidan buyon buning uchun 3,42 milliard dollar olgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda sezilarli farq bilan Rossiya boryapti – 1,76 milliard dollar.

2022 yilda O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishdan 1,07 milliard dollar oldi, bu Qozog‘istondan biroz kamroq. O‘tgan yilga nisbatan daromad taxminan uchdan bir qismga oshdi.

Statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 oy ichida O‘zbekiston Xitoyga 910,9 million dollarlik gaz yetkazib bergan. Shu bilan birga, Xitoy bojxona ma’lumotlari bilan o‘zaro tafovut 120 million dollarni tashkil etgan. Bu Xitoy Turkmaniston gazining tranziti uchun to‘lovni amalga oshirgani bilan izohlangan.

Dekabr oyida «O‘ztransgaz» rahbari ko‘k yonilg‘i eksporti to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Gaz qish mavsumida ichki iste’molchilarga yo‘naltirildi. 

Mavzuga oid