Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich tez orada foydalanishga topshiriladi
Toshkent shahrining Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi yangi yo‘l o‘tkazgich tez orada foydalanishga topshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Bunyodkor ko‘chasi Toshkent shahridagi eng uzun, janubiy va shimoliy qismlarini bog‘lovchi, muhim ko‘chalaridan biri sanaladi. Shu bois mazkur yo‘nalishda muntazam, kunu tun avtomobillar qatnovi amalga oshiriladi. Magistralda yo‘l o‘tkazgich soni endilikda 10taga yetdi.
Zamonaviy yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi. Estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi esa 24,5 metr. Ulkan inshoot 21 ta ustun oralig‘ida barpo etildi.
Bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar ham yaratildi. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurildi, shuningdek, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatildi. Yangi bunyod etilgan yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimiga alohida e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga, hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bunyod etilayotgan inshoot 6ta yo‘lakdan iborat.
Mavzuga oid
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026