Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
Davlat rahbari 17 iyun kuni «Markaziy Osiyo – Xitoy» formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan «Markaziy Osiyo – Xitoy» formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun 17 iyun kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Jinping ishtirok etadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Yakunda qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Sammit doirasida Mirziyoyev Xitoy raisi bilan ikkitomonlama uchrashuv ham o‘tkazadi.
Bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
13:49 / 12.01.2026
Qozog‘istonda noqonuniy import kanali fosh etildi: amaldor va fuqaro qamoqqa olindi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026