Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Yaponiyada mobil masjid namoyish etildi
Yaponiyaning Toyota shahrida ulkan yuk mashinasi shaklidagi masjid loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Mobil masjidlar 2020 yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlarida musulmon sportchilar va muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Muallif Yosuharu Inouening fikricha, loyiha g‘oyasi Qatardagi sayohat davomida paydo bo‘lgan va 4 yil mobaynida rivojlantirib borilgan. 50 kishiga mo‘ljallangan mobil masjidlarning kengligi 48 kv. metrni tashkil etadi.
«Sayyor masjidlar yaponiyalik musulmonlar hamda mamlakatga tashrif buyuradigan musulmon sayyohlar uchun juda muhim», – deydi taqdimotda ishtirok etgan indoneziyalik talaba Nur Aziza.
Ma'lum qilinishicha, Yaponiyada 100 mingdan 200 minggacha islom diniga e'tiqod qiluvchi aholi yashaydi.
«Bag‘rikeng va mehmondo‘st xalq sifatida bu g‘oyani musulmon ahli bilan ham bo‘lishishni xohladik», - deb izoh bergan loyiha muallifi.
Masjidlar ibodat uchun barcha qulayliklarga ega, jumladan tahorat olish uchun ham sharoit yaratilgan. Keyinchalik bunday masjidlardan boshqa ko‘plab musobaqalarda ham foydalanilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:53
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
17:12 / 20.12.2025
“Hukumatingiz ko‘magini doimiy his qilishni istaymiz” – Toyota Tsusho mintaqaviy direktori
16:59 / 20.12.2025