Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel korxonasi barcha O‘zbekiston fuqarolarini 9 may – Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi
Foto: Artel
Artel korxonasi barcha O‘zbekiston fuqarolarini 9 may – Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi!
Tinchlik-osoyishtalik, ozodlik kabi so‘zlar har bir o‘zbek oilasi uchun alohida ma'noga ega. Bugungi to‘kin-sochinlik, baxt va farovonlik tasavvur qilib bo‘lmaydigan og‘ir sinov va mashaqqatlar, bobolarimiz tomonidan keltirilgan ulkan qurbonliklar orqali erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi buyuk ajdodlarimizning ozodlik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va keltirgan qurbonligini g‘urur bilan eslaydi. Yosh avlodning “Ikkinchi Jahon Urushi” mardonavor veteranlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromi va qalbidagi minnatdorchiligi yuksak darajada balanddir.
«Qadrli faxriylar, biz hamisha o‘zimizni sizning oldingizda qarzdor sezamiz. Biz yonimizda yurgan keksa avlod vakillariga, urush va mehnat faxriylariga e'tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytiramiz», — deb ta'kidlagan yurtimizning Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
Tarixni bilish, ota-bobolarimizni bizning yorqin kelajagimiz uchun ko‘rsatgan jasoratini e'zozlash har birimiz uchun ham qarz ham farzdir. Aynan ajdodlarimiz xotirasi bizga ertangi kunga aniq nazar solishga imkon beradi, chunki tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lishi mumkin emas.
Artel korxonasi barcha O‘zbekistonliklarni muqaddas Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Sizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Yurtimiz obod, hayotimiz quvonchli onlarga to‘la, osmonimiz esa doimo musaffo bo‘lsin!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:43 / 09.05.2025
Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024