Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qizil» va «sariq» hududlarda kunlik test olish soni oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 26 may kuni investitsiya masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi «qizil» va «sariq» hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi lozimligini ta'kidlagan. Tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi ko‘p joylarda nazorat testlar olish ko‘paytiriladi.

So‘nggi 10 kunda aholi orasida kasallanish holatlari ko‘paygani qayd etilgan - Navoiyda 57ta, Samarqandda 73ta, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 114ta shunday holat aniqlangan.
Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, ko‘cha-ko‘yda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va xotirjam bo‘lib, uylarda turli tadbirlar o‘tkazish holatlari ko‘paygani qayd etilgan.
- Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kuniga 11,1 mingta test o‘tkazilmoqda. Shu vaqtgacha 550 mingdan oshiq kishi test qilingan.
Bundan avvalroq, 23 may kuni Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasidagi sotuvchilardan birida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, bozor vaqtinchalik yopilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlangan, Markaziy apparatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida barcha xodimlar testdan o‘tkazilishi boshlangan.
25 may kuni esa «Ipoteka-bank» bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berildi.
26 may kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bog‘liq 3281ta holat aniqlangan, bemorlarning 2627 nafari sog‘aygan, 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
17:40 / 27.01.2026