Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
«Infeksiya tarqalishining mintaqaviy va global xavfi past baholanmoqda», deb qayd etdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistonda aniqlangan Nipah virusi bilan kasallanish holatlari tufayli sayohat va savdoga cheklovlar qo‘yishni tavsiya qilmadi.
Yanvar oyida G‘arbiy Bengaliya shtatida ikkita tasdiqlangan infeksiya holati qayd etildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, xususiy shifoxonalardan birining ikki nafar tibbiyot xodimiga infeksiya yuqqan. Hindiston hukumati ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan 200 nafar shaxsni kuzatdi, yangi kasallanish holatlari aniqlanmadi. Mutaxassislar virusning odamdan-odamga barqaror yuqishi alomatlarini qayd etmadi.
«Infeksiya tarqalishining mintaqaviy va global xavfi past baholanmoqda», deb qayd etdi JSST.
Tashkilot hozirgi ma’lumotlarga asoslanib, xalqaro sayohatlar yoki savdoga cheklovlar qo‘yish tavsiya etilmasligini ta’kidladi.
Nipah virusi kamdan-kam uchraydigan, ammo xavfli infeksiya bo‘lib, hayvonlardan odamlarga, ba’zi hollarda esa odamlar o‘rtasida yaqin aloqada yuqadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinalar va maxsus davolash usullari mavjud emas va turli epidemiyalarda o‘lim darajasi 40-75 foizga yetgan.
Avvalroq tashkilot Nipah virusini jiddiy xalqaro epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan patogenlar ro‘yxatiga kiritgan edi.
Hindistondan kelgan xabarlar fonida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham chegara o‘tkazish punktlarida tibbiy nazoratni kuchaytirdi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026