O‘zbekiston | 05:35 / 06.03.2020
9437
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ikkita modda bilan to‘ldiriladi

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:

quyidagi mazmundagi 176-5-modda bilan to‘ldiriladi:

 «176-5-modda. Soxta tadbirkorlik

 Soxta tadbirkorlik, ya'ni ustavda ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod etish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlarini tuzish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

quyidagi mazmundagi 178-2-modda bilan to‘ldiriladi:

 «178-2-modda. Raqobatchini obro‘sizlantirish

 Raqobatchini obro‘sizlantirish, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'yektning ishbilarmonlik nufuziga bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlarni tarqatish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid