O‘zbekiston | 14:53 / 19.06.2024
5136
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi 

Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qo‘yiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilindi. 

Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qo‘yiladi. 5 ta ixtisoslik bo‘yicha ilmiy kengash faoliyati hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha kadrlar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina sport mahorati maktablarida xalqaro uslublarni joriy etish, o‘quv va mashg‘ulotlar sifatini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Davlat rahbari pedagoglar tayyorlash sifatini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid