O‘zbekiston | 18:40 / 25.05.2018
49818
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy shahri hokimi o‘zgardi

Bugun, 25 may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Viloyat matbuot xizmatining «Kun.uz»ga xabar berishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahri hokimi Muhiddin Murtazoyevich Bozorov Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi. U 2013 yil avgustidan buyon Zarafshon hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi. 

Foto: Muhiddin Bozorov

Shu kunga qadar Navoiy shahriga hokimlik qilib kelgan Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbarligiga tayinlangan.

Mavzuga oid