O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi
Energetika vazirligi havo haroratining keskin pasayishi tufayli gaz zapravkalar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Energetika vazirligi ob-havo keskin sovigan kunlarda aholini uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan zarur choralar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda respublika hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Bugungi kunda aholining tabiiy gaz kunlik iste’moli o‘tgan haftadagiga nisbatan 20 foiz, elektr energiyasi iste’moli esa 15 foiz ortgan.
Vazirlikka ko‘ra, havo haroratining keskin pasayishi natijasida iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan talabi keskin oshib, respublika gaz transport tizimi obektlari maksimal quvvatlarda ishlashiga, shu jumladan, gazni yerosti saqlash omborlaridan rejalashtirilgan maksimal kunlik gaz olinishiga va tarmoqqa uzatilishiga qaramay, quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
«Birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obektlarini (tibbiyot, maktab, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim muassasalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifamiz ekanligini inobatga olib, hududlardagi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja-grafiklarga muvofiq, iste’mol yuqori bo‘lgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, bu bo‘yicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda ma’lumot berib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, vazirlik yonilg‘i quyish, gaz to‘ldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn ma’lumot berib borish maqsadida ishlab chiqilgan «Avto24» ilovasi yordamida shoxobchalar faoliyati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni onlayn rejimda kuzatish mumkinligini eslatib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025