Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarada o‘zbekistonliklar yashagan uy yonib ketdi, halok bo‘lganlar bor
O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil 7 noyabr kuni Samara shahridagi 33-uy manzilida joylashgan shaxsiy uy yonib ketgan.
Yong‘in natijasida 5 kishi jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. Jarohatlanganlardan biri O‘zbekiston fuqarosi A.X. N.I.Pirogov nomli 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Tashxis – is gazidan zaharlanish, boshning yumshoq to‘qimalari lat yeyishi.
Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari tergov harakatlarini olib bormoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgani hamda vakolatli organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turgani aytiladi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilgan: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
Mavzuga oid
13:30 / 21.01.2026
Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026