Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IELTS imtihoniga tayyorlanyapsizmi? Aksiyada ishtirok eting va Samarqandga “Registon” bilan sayohat qiling
Mamlakatimizda IELTS testlaridan o‘tish uchun tayyorlanayotgan yoshlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bunga sabab yurtimizda hamda dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni xohlovchilar uchun IELTS sertifikatining so‘ralishidir. IELTS testlarini osonroq bajarishni o‘rgatish yuzasidan juda ko‘p strategiyalar va usullar borligini hisobga olgan holda “Registon” o‘quv markazida IELTS imtihoniga tayyorlanishning o‘ziga xos uslubi yaratilgan. Unga ko‘ra, barcha o‘rganuvchilar o‘z darajalariga qarab guruhlarga taqsimlanadi va haftasiga uch bor asosiy darslarda qatnashadilar. Yakshanba kunlari maxsus dastur asosida SPEAKING (gapirish, suhbat ko‘rinishida)da qiziqarli mavzu yuzasidan to‘liq ingliz tilida suhbatda ishtirok etishlari mumkin.

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash, albatta, imtihonlarda hal etiladi. Shu bois bizda o‘qiyotgan o‘rganuvchilarning barchasi har oyning o‘rtasida IELTS imtihonini “Registon” o‘quv markazining 8,5 ball sertifikati bo‘lgan o‘qituvchilariga topshirishadi. “Registon” o‘quv markazida faoliyat olib borayotgan ustozlar - malaka va tajriba jihatdan har qanday darajadagi ingliz tili o‘rganuvchilarining talablarini qondira oladi.

Toshkent shahrida ko‘plab o‘quv markazlari hamda xususiy o‘qituvchilarda tayyorlanayotgan o‘rganuvchilar turlicha usullarda imtihonga tayyorlanishadi. IELTS imtihoni esa barcha uchun teng imkoniyatlarda olinadi. Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda “Registon” o‘quv markazi aprel oyi imtihonini AKsIYa sifatida o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlashga qaror qildi.
Aksiya 2017 yil 16 aprel kuni soat 9:00 “Registon” o‘quv markazining Chilonzor tumani Ts-mavzesidagi filialida boshlanadi. Aksiyada ishtirok etish uchun www.registonstudy.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Imtihon IELTS testlariga imkon qadar tenglashtirilgan tartibda o‘tkaziladi. G‘olib bo‘lgan talaba “Registon” o‘quv markazining har yilgi Samarqandga sayohatida mehmon sifatida ishtirok etishi mumkin.

“Registon” o‘quv markazida tashkil etilayotgan imtihonning maqsadi ingliz tilida o‘qish, yozish, tinglab tushinish va gapirish ko‘nikmalarining qay darajada shakllanganligini baholash hisoblanadi.
Imtihon 4 bosqichda o‘tkaziladi:
- LISTENING - (tinglab tushunish) – 30-45daqiqa;
- READING - (o‘qish) – 60 daqiqa;
- WRITING - (yozish) – 60 daqiqa;
- SPEAKING - (gapirish, suhbat ko‘rinishida) – 12-15 daqiqa.
Imtihon topshirilish qoidasi bo‘yicha yuqoridagi barcha ko‘nikmalar sinovi bir kunda o‘tkaziladi. Dastlabki, suhbat ko‘rinishidagi gapirish ko‘nikmasi sinovi va uchta ko‘nikma sinovi orasida tanaffus beriladi. Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko‘nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har bir bosqichdagi sinovda testlar va topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Imtihonning har bir bo‘limi uchun va butun imtihonning umumiy bahosi sifatida olish mumkin bo‘lgan maksimal baho 9 ball hisoblanadi.
Imtihon natijalari 23 aprel soat 9:00 da:
- www.registonstudy.uz sayti
- @RegistonEdu,
- @REGISTONIELTS,
- @FunEnglishwithme Telegram kanallari orqali e’lon qilanadi.
G‘oliblar soat 10:00 da maxsus “IELTSni oson o‘rganish sirlari” nomli psixologik treningda taqdirlanadi.
Respublikamizda IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha yoshlar bilim darajalarini sinovdan o‘tkazish hamda Samarqandga sayohat qilish imkoniyatidan foydalanmoqchi bo‘lsa, “Registon” o‘quv markazining www.registonstudy.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari va imtihonda ishtirok etishlari kerak.
IELTS sertifikatini qisqa muddatda olmoqchi bo‘lsangiz unda “Registon” o‘quv markazining maxsus til o‘rganish dasturi bilan tanishing!
O‘quv markazida til o‘rganish maxsus bosqichlar bilan olib boriladi:
- 1-bosqich – 1 oy. Grammatika, Listening, Reading;
- 2-bosqich –1 oy. Grammatika, Listening, Reading, Speaking;
- 3-bosqich – 1 oy. Grammatika, Listening, Reading, Speaking, Writing;
- 4-bosqich– 3 oy. Pre-IELTS
- 5-bosqich– 3 oy. IELTS – IELTS++
Til o‘rganuvchilar uchun quyidagilar bepul:
1. Birinchi mashg‘ulot bepul
2. Eng yangi materiallar bepul beriladi.
3. Haftaning yakshanba kunlari:
A) Cinemaclub
B) Speaking club
C) Psychological training club
D) IELTS test

“Registon” o‘quv markazi o‘quvchilarni o‘z jamoasiga qabul qiladi. www.registonstudy.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan bog‘laning!
“Registon” nodavlat ta’lim muassasasi
Toshkent shahar, Chilonzor filiali:
- Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 6/1-uy
- Mo‘ljal: Turonbank, “Chilonzor” metro bekati
- Telefon: (+998-94) 602-33-44, (+998-90) 356-20-04
Uchtepa filiali:
- Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy
- Mo‘ljal: Farxod bozori, «O‘zbegim taomlari»
- Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
13:28 / 17.12.2025
Raqobat qo‘mitasi o‘quv markazlarini ogohlantirdi (ro‘yxat)
10:34 / 13.12.2025
O‘zbekistonda IELTS'dan yuqori ball olganlar soni sezilarli ortdi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
12:36 / 24.10.2025