Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi
«Issiqxonalar bu – oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasi», dedi Shavkat Mirziyoyev. Eksport majburiyatiga ega issiqxonalarga qishda gaz yetkazish kafolatlanadi, ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimida ishlayotgan, eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoni beriladi.
Foto: Kun.uz
Bugungi kunda respublikada 5,1 ming gektar issiqxonalar mavjud bo‘lib, so‘nggi yetti yilda ularda yetishtiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnaga ko‘paydi.
Lekin, tadbirkorlar kredit og‘irligi, o‘g‘it narxi qimmatligi, uzluksiz gaz ta’minoti yo‘qligini aytmoqda. Masalan, 600 gektardan ortiq maydondagi issiqxona faoliyatini to‘xtatgan, 128 gektari qarzdorlik sababli bank balansiga o‘tgan.
Shu bois issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi. Endilikda:
➖ ichki bozor bilan bir qatorda eksportga ham mahsulot yetishtirish majburiyatini olgan, tabiiy gazda ishlayotgan issiqxonalarga qishki mavsumda gaz kafolatli hajmda beriladi;
➖ ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimida ishlayotgan hamda eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoni beriladi;
➖ aylanma mablag‘ yetarli bo‘lishi uchun oldindan to‘lov oktabr-mart oylariga 50 foiz qilib belgilanadi. Bunda, issiqxonalar gaz korxonalari bilan 1 oktyabrgacha shartnoma imzolaydi;
➖ tabiiy gazdan ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytirib beriladi;
➖ issiqlik nasoslari texnologiyalarida ishlaydigan issiqxona tashkil qilganlarga xarajatlarning 20 foizgacha qismi, bu ishlar kredit hisobidan bo‘lsa, kredit stavkasini 4 foizi qoplab beriladi;
➖Bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘lashi belgilandi.
➖2028 yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.
➖Soliq qo‘mitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini o‘rganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gazni issiqxonalarga yo‘naltirish topshirildi.
➖Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq muammolarni uzil-kesil hal qilish vazifasi qo‘yildi.
«Barcha eshitib olsin: issiqxonalar bu – oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasi hisoblanadi», – dedi prezident.
Tegishli idoralarga sohada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Mavzuga oid
11:43 / 03.12.2025
Qibray tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalar aniqlandi
11:03 / 03.12.2025
Toshkent tumanida 22 ta mahalladagi issiqxonalarda ekologik qoidalar buzilishi aniqlandi
13:38 / 26.11.2025
Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi
07:31 / 26.11.2025