Sport | 09:34 / 02.10.2018
21528
2 daqiqa o‘qiladi

Makgregorning murabbiyi Habib Nurmagomedovdagi muammolarni eslatdi

Foto: REUTERS

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregorning murabbiyi Ouen Roudi fikricha, Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovda vazn o‘lchash marosimidan oldin muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

«Nurmagomedovda vaznni yo‘qotish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin, bu oldin ham yuz bergandi. Biroq, biz ta'sir qila olmaydigan narsalar haqida o‘ylamaymiz, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Bizda avval ham qator janglar so‘nggi lahzalarda bekor qilingandi, bir necha yil oldin Aldoning o‘rniga Mendesni berishgandi.

Konor yanada yaxshi, keskinroq zarba bera boshladi. Uning kurashish va jiu-jitsu uslubi ham kuchaydi. U ikki yil davomida jang qilmadi, ammo shu vaqt davomida o‘z texnikasini mustahkamlab bordi. U jangchi sifatida yanada kuchli bo‘ldi, lekin asosiysi - g‘olib psixologiyasini saqlab qoldi. Konor aqlli va g‘alaba qozonishga qat'iy ahd qilgan. Men uning qaytishini intiqlik bilan kutmoqdaman», - deya Roudining so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.

Nurmagomedov 6 oktabr kuni Las-Vegasdagi UFC 229 musobaqasi doirasida Makgregor bilan uchrashadi. Bu jang kechaning asosiy voqeasiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedovning murabbiyi jangga tayyorgarlik bo‘yicha ba'zi tafsilotlarni oshkor qilgandi

Mavzuga oid