Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida 6,5 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi
Foto: KUN.UZ
Boshqarma balansidagi qozonxonalardan 7 donasi boshqa shaxslarga berib yuborilgan. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbiri tashkil etilib, qator kamchiliklar aniqlangan.
2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, “Issiqlik manbai” tarkibida jami 51 ta qozonxona mavjud bo‘lib, ularning balans qiymati qariyb 1,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ammo nazorat tadbiri davrida qozonxonalarning kadastr hujjatlari taqdim etilmagan hamda 7 dona qozonxona boshqa shaxslarga berib yuborilganligi aniqlangan.
Shuningdek, korxonada umumiy qiymati qariyb 6,5 mlrd so‘m bo‘lgan qator moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Xususan:
- asossiz kiritilgan xarajatlar - 3,8 mlrd so‘m;
- tovar moddiy boyliklarining kamomadi -1,8 mlrd so‘m;
- ortiqcha to‘langan ish haqi - 833,3 mln so‘m;
- boshqa shaxslarga berilgan binolar qiymati - 46,8 mln so‘m;
- yonilg‘i xarajatlarining ortiqcha sarflanishi - 45,5 mln so‘m.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
08:21 / 26.12.2025
“Navoiy” bojxona postida 2,3 kg “mefedron” kontrabandasi to‘xtatildi
09:48 / 18.12.2025
Toshkent viloyatida qo‘lbola pirotexnika vositalari aniqlandi
14:30 / 11.12.2025